OʻYIQGUMBAZ MAQBARASI — Termiz tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (11—12-asrlar). Maqbara murabba tarhli, peshtoqgumbazli, xona (7,7×7,5 m) hamda ayvondan iborat. 25x26x5 — 5,5 sm li xom gʻishtdan bunyod etilgan. Bosh tarzidagi chuqur ravoqli peshtoq qanosiga 5 ta mayda yassi ravoqchalar ishlangan. Gumbaz toʻrtburchak devorlar ustidagi 8 qirrali poygumbazga oʻrnatilgan. Ichki devorlar Psimon shakllarga boʻlinib, ularga ichiga ravoqchalar joylashgan baland yassi ravoqlar ishlangan. Binoning ichki va tashqi devorlari suvalgan. Maqbara gumbazi qulab tushgan va binoga tutash ayvon vayron boʻlgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые