Oʻlmas Umarbekov (1934–1994)

Oʻlmas Umarbekov 1934 yili Toshkentning Mirobod mahallasida tugʻildi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning filologiya fakultetida tahsil oldi.

Respublika radiosi Adabiy-dramatik eshittirishlar Bosh tahririyatida bosh muharrir, “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida direktor, Oʻzbekiston Madaniyat vaziri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, shu bilan birga Osiyo va Afrika yozuvchilar birdamlik qoʻmitasining raisi lavozimlarida xizmat qildi. 1989–1991 yillarda esa Respublika Vazirlar Mahkamasi raisining oʻrinbosari boʻlib ishladi.

U oʻnlab hikoyalar, qissalar, “Odam boʻlish qiyin”, “Fotima va Zuhra” nomli romanlar, “Qiyomat qarz”, “Shoshma quyosh”, “Oqar suv”, “Sud”, “Komissiya”, “Kuzning birinchi kuni”, “Arizasiga koʻra”, “Kurort”, “Yer yonganda” kabi dramatik asarlar yaratdi. Shuningdek, “Ikki soldat haqida qissa”, “Oʻzgalarni deb”, “Qalin qor bagʻridagi uchrashuv” kabi kinofilm ssenariylarini yozdi. “Odam boʻlish qiyin” romani Oʻzbekiston Yoshlar tashkilotining mukofotiga (1971), “Ikki soldat qissasi” filmi Respublika Davlat mukofotiga (1977) sazovor boʻldi.

Oʻlmas Umarbekov 1984 yil “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi”, 1992 yilda “Oʻzbekiston xalq yozuvchisi” faxriy unvonlari bilan taqdirlandi.

Oʻlmas Umarbekov ogʻir xastalikdan soʻng, 1994 yil 10 noyabrda 60 yoshida hayotdan koʻz yumdi. Vafotidan keyin “Fotima va Zuhra” romani nashr etildi va Muqimiy teatrida sahnalashtirildi hamda roman asosida badiiy film yaratildi. Toshkent shahri koʻchalaridan biriga adib nomi berildi. Uch jildlik “Tanlangan asarlar”i nashr etildi.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/olmas-umarbekov-1934-1994/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x