“Oʻlgan” noshir

Said Ahmadning bir mansabdor noshir oʻrtogʻi bor edi. Bir kuni ulfatlari bilan choyxonada oʻtirgan yozuvchi ana shu oʻrtogʻining vafot etganini hammaga maʼlum qildi.

– Ie, kechagina yurgan edi-ku, – deyishdi atrofdagilar hayron boʻlib.

– Yursa yurgandir, ammo oʻlgani aniq, – dedi yozuvchi ham boʻsh kelmay.

Ertasi kuni nashriyotda ittifoqo oʻsha oʻrtogʻi bilan yuzma-yuz kelib qoldi.

– Hoy, menga qara, – dedi u yozuvchini toʻxtatib, – nega hammaga meni oʻldi deb gap tarqatding.

– Ha, yolgʻonmi? Xoʻsh, oʻzing ayt, bundan bir yil burun “agar men tirik tursam, kitobing yilning oxirigacha chiqadi” demaganmiding? Yangi yil boshlanganiga ham ancha boʻldi, ammo kitobim chiqmadi. Demak sen oʻlgan boʻlsang kerak, deb oʻyladim.

Noshir lom-mim deyolmay qoldi.

 

Nosir MUHAMMAD

https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/olgan-noshir/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x