OʻGʻRUQ, ugʻruq (chodir yoki oʻtovning yuqorisidagi uvuqlari, yogʻochlari) — moʻgʻul hamda turkiy xalqlar qoʻshinida asosiy jangovar qismlardan bir necha kunlik masofada ortda boradigan ogʻir karvon (oboz). Amir Temur odatga koʻra. Oʻ. ni atoqli sarkardalarga topshirgan. Oʻgʻruqni hukmdor harami, voyaga yetmagan mirzolar tashkil etgan. Oʻgʻruqda lashkar uchun turli kasb egalari, chunonchi novvoylar, oshpazlar, qassoblar, taqachilar, kamonchilar, oʻqchilar, egarchilar, oziqovqat, meva bilan savdo qiluvchilar, hammomchilar va h. k. xizmat qilgan. Asosiy harbiy qismlar uchun moʻljallangan qurolyarogʻ, asbobanjom, yemxashak zaxirasi ham Oʻgʻruqda mujassam etilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые