NYU-XEMPSHIR — gusht va tuxum uchun boqiladigan tovuqzoti. 20-a. boshlarida AQSH (Nyu-Xempshir shtati)da Red-ayland tovuq zotidan tanlash yuli bilan yaratilgan. 1935-y. da Amerika mukammallik standartiga kiritilgan. Pati tillarang-sariq yoki och jigar-rang. Tovuklari tez yetiladi. Xoʻrozlarining vazni 3,2—3,5, tovuklariniki 2,6— 2,7 kg, yiliga oʻrtacha 180—190 tuxum qiladi. Tuxumi vazni 60—62 g, puchogʻi sargʻimtir-jigarrang. Kupgina mamlakatlar (Germaniya, Gollandiya, AQSH)da N.-x. bilan Leggorn zotini chatishtirib, yiliga 280—310 dona tuxum qiladigan jigarrang patli krosslar yaratilgan (lomann-braun, xaylayn va b.). Oʻzbekiston parrandachilik xujaliklarida lomannbraun krossi tovuqlariningtuxumlari keltirilib kupaytirilmoqda (2003).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые