NYU-MEKSIKO — AQSHning jangʻarbiy qismidagi shtat. Meksika bilan chegaradosh. Mayd. 314,9 ming km2. Aholisi 1,85 mln. kishi (2002), 73% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Albukerke sh. Shtatning markazi Kr-yali togʻlar (eng baland joyi 4000 m), gʻarbi Kolorodo platosi, jan.-sharqi LyanoEstakado platosi bilan band. Iklimi subtropik, quruq iklim. Oʻrtacha t-ra iyulda 23°, yanv. da G. Yillik yogʻin 250—500 mm. Eng katta daryosi — Rio-Grande.
N.-M. AQSHning aholisi siyrak shtatlaridan. Uran rudasi qazib chiqarishda yetakchi oʻrinda. Kaliy tuzlari, neft, tabiiy gaz, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, oltin, kumush, vanadiy konlari bor. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: rangli metallurgiya, oziq-ovqat, neftni qayta ishlash. Atom energiyasini oʻrganish markazlari bor. Q. h. da yaylov chorvachiligi asosiy oʻrin tutadi. N.-M. hududini 16-a. da ispanlar bosib olgan. 1821-y. da Meksika tarkibiga qoʻshilgan. 1848-y. dan AQSH bosib olgan. 1912-y. dan AQSHning 47-shtati.