NYU-JERSI — AQSHning sharqiy qismidagi shtat. Mayd. 20,16 ming km2. Aholisi 8,6 mln. kishi (2002), 89% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Trenton sh. Yirik shaharlari: Nyuark, Jersisiti, N.-J. ning koʻp qismi Atlantika boʻyi pasttekisligida, shim. qismi Appalachi togʻlari etaklarida. Iqlimi moʻtadil, sernam. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi Gdan —5° gacha, iyulni-ki 22-24°.
N.-J. — AQSHning aholisi eng zich va iqtisodiy jihatdan rivojlangan shtatlaridan. Ishlab beruvchi sanoat yetakchi oʻrinda. Toʻqimachilik, rangli metallurgiya, silikat-keramika, ti-kuvchilik korxonalari bor. Bogʻdorchilik rivojlangan. N.-J. hududi orqali AQSHning yirik shaharlarini bogʻlovchi t. y. va avtomobil yoʻllari oʻtgan.