NYU

NYU (frans. pi — yalangʻoch) — tasviriy sanʼatning yalangʻoch, koʻproq ayol tanasini tasvirlovchi janri. Uygʻonish davrida mifologiya, allegoriya (majoz), tarixiy va maishiy janrlar sohasida yuzaga kelgan. Jorjone, Titsian, Korrejo va b. ning asarlarida yalangoch ayol tanasi tasviri orkali italyan insonparvarlarining ayol goʻzalligi haqidagi tasavvurlari ifoda etilgan. Janr sifatida 17-a. da shakllangan.

P. P. Rubens asarlarida barokkoga xos hashamdor shakllar, yosh goʻzalning hayotiy nafosati aks etgan. Velaskesning «Venera koʻzgu b-n» (1651) asarida ayol tanasi asosiy mavzuga aylansa, Rembrandtning «Suvga tushayotgan ayol» (1655) asarida ayol nozik maishiy holatda tasvirlanadi. G. Kurbe asarlarida mifologik asosdan voz kechadi, O. Renuar asarlarida yalangʻoch ayol manzara bilan uygʻunlikda (nur va havoga choʻmilayotganday) tasvirlanadi. Nyu namunalaridan biri — A. S. Belolli (1820—1881 )ning «Choʻmilayotgan ayol» asari (1870) Oʻzbekiston sanʼat muzeyida saqlanadi. 20-a. tasviriy sanʼatida Nyu rivoji yangi ifoda vositalari izlash b-n bogʻliq boʻlib (P. Pikasso, A. Modilyani va b.), bu obrazlar taʼsirchanligini oshirdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x