NUTATSIYA

NUTATSIYA (lot. nutatio — tebratish) — 1) mexanikada — qattiq jismning oʻz oʻqi atrofida aylanishi jarayonidagi tebranma harakati; u jismning xususiy aylanish oʻqida sodir boʻladi; jism qancha tez aylansa, uning nutatsion tebranish chastotasi shuncha katta, amplitudasi shuncha kichik boʻladi. Nutatsiya pretsessiya bilan bir vaqtda yuz beradi. Nutatsiya vaqtida jismning xususiy aylanish oʻqi b-n pretsessiya yuz beradigan oʻq orasidagi burchak oʻzgaradi;

2) astronomiyada — Yer aylanish oʻqining bir oz tebranishi. Yerning sutkalik aylanishiga Quyosh va Oyning tortish kuchlari taʼsir etadi. Yerning sutkalik aylanish oʻqi ekliptikata qiyaligini oʻzgartirmagan holda oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib boradi, chun-ki Quyosh va Oyning pretsession kuchlari ham oʻzgarib turadi va Quyosh hamda Oy Yer ekvatorida boʻlganida bu kuchlar nolga teng boʻladi, ogʻishi eng katta boʻlganida esa maksimumga erishadi. Yerning aylanish oʻqi Nutatsiya sini 1737-y. J. Bradley kashf qilgan. Bunday nutatsion tebranishlar 18,6 yillik davrga, yaʼni Oy orbitasi tugunlarining aylanish davriga teng. Osmon sferasit qutb yarim oʻqlari 9», 21 hamda 6», 86 nutatsion ellips chizadi. Nutatsiyaning aniq qiymatini 1953-y. amerikalik astronom E. Vulard topgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x