NUSAYRIYLAR

NUSAYRIYLAR, alaviylar — shialiksagp firqalardan birining tarafdorlari. 10-a. da Shim. Suriyada eng keskin shialar davrasida paydo boʻlgan. Firqaning nomini Muhammad ibn Nusayr an-Numayriy (taxm. 883-y. Basrada vafot etgan) bilan bogʻlaydilar. Nusayriylarning asosiy aqidasi — Ali ibn Abu Tolibni ilohiylashtirish («alaviylar» nomi shundan), unda Xudoning oʻzi mujassamlangan deb ishonishdan ibo-rat. Ularning diniy taʼlimoti va ismoiliylarning qarashlariga asoslangan marosimlariga xristian dini va ayrim qad. eʼtiqodlar taʼsir etgan. Xristianliqsagi muqaddas uchlik kabi, Nusayriylar ham Muhammad, Ali va Salmon al-Forisiyni Xudoning uch xil namoyon boʻlishi deb, ularga eʼtiqod qiladilar. Ular Quyosh, Oy va yoritqichlarga sigʻinadi, erkaklarda jonning koʻchib yurishiga ishonadi. Nusayriylar hajni eʼtirof qilmaydi, zakotni boshqa musulmonlar tushungandek belgilamaydi.

Xukmron diniy oqimlar tomonidan asrlar davomida taʼqib qilingani sababli Nusayriylar oʻz eʼtiqodlarini sir tutadi, marosimlarini kechalari, maxfiy ado etadi. Ular namoz, roʻza va b. islom marosimlarini ado etmaydilar, ularning masjidlari yoʻq. Nusayriylarning asosiy qismini dehqonlar tashkil etadi. Ularning yarmidan kupi hoz. vaqtda Suriyada, taxm. uchdan bir qismi Turkiyada, qolganlari Shim. Livanda yashaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x