NURSOYA

NURSOYA — plastik sanʼat (tasviriy va amaliy bezak sanʼati, meʼmorlik, dizayn)ning ifoda vositalaridan biri. Turli yorqinlikdagi ranglaryoki bir rang tuslarining ajralishidagi izchillikka asoslanadi. Nursoya dagi izchillik nur va qorongʻi (soya)ning tarqalishi, tasvirlanayotgan muchit, narsalarni hajmli nur-havo ogʻushida id-rok qilish imkonini beradi. Narsalarga yorugʻlik tushishi natijasida uning sathi yorugʻ va qorongʻi (soya) yuzalarga ajraladi (Mas, toʻrtburchak shakldagi buyumlarda bu ajralish kes-kin boʻlsa, dumaloq va silindrsimon buyumlarda bu ajralish astasekinlik bilan boradi). Natijada bunday buyumlarda Nursoya orasida yarim soya va soya tomonida qaytgan nurlar qisobiga yoritilgan yuzarefleks mavjud boʻladi. Nursoya nur yoʻnalishi, narsalarning hajmli shakl xususiyatlari, sifati va xavo holatiga bogʻliq; u orqali ijodkor (rassom, haykaltarosh va b.) oʻz gʻoyaviy estetik qarashlarini ifodalaydi, undan lirik yoki dramatik kayfiyat hosil qilishda foydalanadi.

Nursoya imkoniyatlari qadimdan qoʻllanilgan. Yunon rassomlari (Polignot, Parrasi va b.) N. vositasida katta ijodiy yutuqlarga erishgan. Musulmon Sharqida qadimdan meʼmorlik, amaliy bezak sanʼatida Nursoya imkoniyatlaridan keng foydalanilgan; oʻymakorlik (ganch va yogʻoch), haykaltaroshlik (relyef va b.) da bezakni jozibali boʻlishi, taʼsirchanligini oshirishda Nursoya oʻyiniga asoslanilgan. Nursoya va uning nazariy asoslari Uygʻonish davri ustalari (Leonardo da Vinchi) tomonidan ishlana boshlandi. Shu davrda Nursoya rassomlar tomonidan badiiy asarning ifodaliligini belgilovchi vosita sifatida keng foydalaniladi, imkoniyatlari yanada boyitiladi. Bugungi kunda ham Nursoya realistik tasvirning asosini tashkil etadi, psixologik asarlar yaratishning muhim manbai hisoblanadi.

Nemat Abdumayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x