NUROTA

NUROTANavoiy viloyati Nurota tumanidagi shahar (1976-y. dan). Oqtogʻning etagida, 524 m balandlikda joylashgan. Tuman markazi. Yaqin t. y. stansiyasi — Tinchlik (85 km). Nurota viloyat markazi (Navoiy sh.)dan 85 km. Axrlisi 30,1 ming kishi (2003).

N. Oʻzbekistonning qad. shaharlaridan biri. Shahar dastlab 10-a. da Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarida «Hyp» shaklida (shu yerdagi mashhur «Hyp» chashmasi nomidan) tilga olingan. Mahalliy rivoyatlarda shaharning paydo boʻlishi Iskandar Makduniy davriga borib taqaladi. Keyinchalik shaqar bu yerda yashab oʻtgan mashhur Shayx Abulhasan Nuriy (9-a.) shara-figa «Nurota» deb atala boshlagan. Nurota ustidan Buyuk ipak yoʻlining bir tar-mogʻi oʻtgan. U oʻtmishda harbiy-strategik ahamiyatga ega boʻlib, yirik savdo markazi ham hisoblangan. «Hyp» qalʼasi qadimdan Jizzaxdan soʻng Buxoro va Samarqand vohasiga kirish uchun ikkinchi darvozahisoblangan. Nurota (kad. «Hyp») Buxoroning shim. dagi chekka shahar boʻlib, madaniy oʻtroq aholi va koʻchmanchi xalqlar yashaydigan qudud che-garasida joylashgan. Oʻgʻuz turklari Nurota voxasidan avval Xuroson, soʻngra Kichik Osiyo ya. o. ga borib oʻrnashgan va Saljuqiylar davlatiga asos solgan (11a.). Qad. tosh yoʻli orqali Nurga koʻplab karvonlar kelib toʻxtagan. Chingizxon qoʻshinlari Buxoroga borishda xuddi ana shu yoʻldan (1220-y. yanv.) Nurga kirib kelgan. Shu bois tosh yoʻli «xon yoʻli» nomi bilan ham yuritilgan. N. Somoniylar, Abdullaxon davri (16-a.) va undan keyingi davrlarda ham muhim strategik is-tehkom hisoblangan. Nurotaning ulkan boy-ligi uning marmar konidir. Shahardagi «Nurotamarmar» sanoat korxonasi ushbu kon xom ashyosi asosida ishlayap-ti. Shuningdek, Nurotada non k-ti, ti-kuvchilik f-kasi, «Nurbuloq», «Nu-robod» aksiyadorlik jamiyatlariga karashli korxonalar, bir necha bozor, savdo doʻkonlari, madaniy, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. 8 umumiy taʼlim maktabi, pedagogika, q. x. kasbhunar kollejlari, 7 ommaviy kutubxona, klub, «Chashma» oʻlkashunoslik muzeyi faoliyat koʻrsatadi (2003). Nurotada 2 kasalxona, 10 dorixona va b. tib-biyot muassasalari mavjud.

Xalq amaliy sanʼat va hunarmandchiligi qadimdan rivojlangan. Nurota us-talari tomonidan tayyorlangan du-radgorlik, temirchilik, chilangarlik, quruvchilik, kulolchilik, miskarlik, kashtachilik, zargarlik mahsulotlari hamisha xaridorgir boʻlib kelgan.

Nurotada antik davrda qurilgan Hyp qalʼasi qoldiklari (uni Iskandariya, Iskandar qalʼasi ham deyishgan), Piro-sta mudofaa devori qoldiqlari va qad. korizlar sistemasi (taxm. mil. av. 4—3-a. lar), «Chilustun» jome masjidi (9 — 20-a. boshlari), Katta Gumbaz masjidi (1582 — 90 y. lar), «Sayidota», «Okmas-jid», «Bargsoʻz» masjidlari (19-a. oxiri — 20-a. boshlari), Sudur Bobo hammomi (1928-y.) kabi meʼmoriy va tarixiy yodgorliklar saqlanib qolgan. Shaharda Mozori Sang Andoz (Paxlavon Ahmad Zamjoi), Shoi-ris (Bibisitam Tagalbos), Mozori bandikusho (Hoji Burhoniddin Jarroh), Chilla mozor (Xoja Ubaydullo Jarroh), qad. Hyp chashmasi kabi ziyoratgohlar mavjud.

Qahramon Rajabov, Zulxumor Abdiyeva.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x