NURMUHAMEDOV

NURMUHAMEDOV Badal (1913.13.2 – Toshkent — 1991.21.6) — aktyor, rej. Oʻzbekiston xalq artisti (1990). Toshkentdagi ishchiyoshlar teatr texnikumini (1935), «Oʻzbekfilm» qoshidagi kinoaktyor, kinorej., kinooperator tayyorlov studiyasini (1938) tugatgan. 1938— 41 y. lar Respublika qoʻgʻirchoq teatrida rej., aktyor, 1941—48 y. lar Muqimiy teatrida, 1948—91 y. lar Yosh tomoshabinlar teatrida aktyor. Karl bobo («Buratino»), Davron («Oʻqituvchi»), Moʻmin ota («Oq kema»), Oxun-boboyev («Ota yurtim oqsoqoli»), Qovoqvoy («Chippolino»), Mahkam ota («Oʻz uyingdasan»), Mahalla oqsoqrli («Farzandim jigʻarbandim») kabi rang-barang xarakterdagi kishilar ob-razini yaratib, milliy teatr sanʼati rivojiga munosib hissa qoʻshdi. Sahnada koʻp gapirmasada, butun xattiharakat, koʻz qarashlari, yuz ifodasi bilan qahramonning ichki dunyosini ochib bera olish, ishonarli talqin, samimiylik Nurmuhamedov ijodiga xos. Bir qancha filmlar (Nozim, «Tohir va Zuhra»; domla, «Alisher Navoiy» va b.)da ham suratga tushgan. Televideniyeda «Otalar soʻzi — aklning koʻzi» koʻrsatuvining doimiy (1978—91) boshlovchisi boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x