NURISTONILAR — Afgʻonistonning shim.-sharqidagi qardosh qabilalar guruhi (kati, vaygallar, ashkuni, prasun), 150 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari); Pokiston bilan qoʻshni r-nlarda (10 ming kishi) ham yashaydi. Nuriston tillarida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar.