NURIDDINOV Akmal Vahobovich

NURIDDINOV Akmal Vahobovich (1959.27.2, Namangan) — rangtasvir ustasi; Oʻzbekiston BA akad. (1997), Oʻzbekiston xalq rassomi (2003). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1978),Mannon Uygʻur nomidagi teatr va rassomlik sanʼati in-ti (1984)ni tugatgan. Nuriddinov ijodida ez-gulik va yovuzlik, yorugʻlik va zulmat toʻqnashuvi va bunda ezgulik va yorugʻlikning tantanasi, maʼnaviy qadri-yatlar tarannum etiladi, mustaqillik olib kelgan oʻzgarishlar, muhabbat, oilaviy baxt-saodat, insof va diyonat oʻz aksini topdi. Asarlari: «Hayot boshlanmoqda» uchligi, «Umid bulogʻi», «Ajdodlar nazari» (1987); «Kushan qishlogʻi», «Tong», «Kushan afsonasi» (1988); «Oila» (1990); «Darvish», «Shahar taqdiri», «Tun va kun», «Unutilgan qadriyatlar», «Shirin tush» (1992); «Tojmahal», «Muhabbat bogʻi» (1993); «Ishq olmasi», «Tun va kun. Zulmat va Ziyo» (1995); «Jayxun», «Fikr parvozi» (1996); «Tavhid» (1997); «Rishton natyurmorti», «Ilhom pariyey» (1998); «Muhabbat vodiysi», «Armon» (2000); «Oy ustidagi pari» (2001); «Jannat uchligi», «Ona» (2003) va b.

Nuriddinov 1987-y. dan respublika va xalqaro koʻrgazmalarda asarlari bilan ishtirok etadi. Asarlari respublika va xorijiy mamlakatlar (AQSH, Hindiston, Shveysariya va b.) muzeylari va xususiy toʻplamlarda saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x