NURIDDIN GʻORI

NURIDDIN GʻORIZarafshon tizmasi suvayirgʻich qismiga yaqin joy (Tojikistonning Sugʻd viloyati Pan-jakent tumani)dagi gʻor. 2500 m balandlikda. Silur davriga mansub ohaktoshlarda hosil boʻlgan. Ogʻzi shim.-sharq tomonga ochilgan, eni 2,5 m, bal. 4 m. Gʻorga 5 m kirilgandan soʻng uning sahni 40 m gacha pasaya borib, shipi esa koʻtariladi va 15 m balandlikda gʻor torayib yer yuzasiga tirqish shaklida ochiladi. Gʻor sah-nida qalinligi 0,3 m gacha boʻlgan gʻor gillari, uning shipi va devorlarida kalta stalaktitlar va kalsit mineralidan tashkil topgan qoplama (qalin-ligi 1—3 sm) hosilalar uchraydi.

Nuriddin gʻori Oʻrta Osiyo sharoiti uchun juda noyob hisoblanadi. Chunki, uning ichida yil boʻyi muz va qor qoplami saqlanadi. Qor gʻorning shipidagi teshikdan tushadi. Qor suvlari erib, muzga aylanadi. Qorning qalinligi, teshik ostida 5 m gacha, qor ostidagi muzning qalinligi 0,5 m dan ziyod. Gʻorning umumiy uz. 49 m, mayd. 125 m2, hajmi 1000 m3 dan ziyod.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x