NURASH KONLARI

NURASH KONLARI — Yer yuzasiga yaqin togʻ jinslarining nurash katlamida suv, uglekislotalar, kislorod hamda organik va noorganik kislotalar (kimyoviy nurash) taʼsirida parchalanishidan paydo boʻlgan foydali qazilmalar koni. N. k. avvalgi geologik davrlarda shakllangan boʻlib, hrz. davrda esa chuqurlikdan yer yuzasiga chiqa-rilgan va yangi termodinamik sharo-itlarda barqaror boʻlmagan togʻ jinslardan tashkil topgan. Nurash jarayonlari natijasida tog jinslari murakkab tarkibli silikatlardan sod-daroq tarkibli oksid va gidroksidlarga oʻtadi. Yangi hosil boʻladigan birik-malar erigan holda yer osti suvlari bilan koʻtarilib qaytadan choʻkindi hosil qiladi va infiltratsion konlarni tashkil etadi. Bu turdagi konlarga uran, mis rudalari, oltingugurt konlari kiradi. Boshqa qiyin eriydigan birikmalar yer yuzasi yaqinida yigʻilib qoldiq konlar deb ataluvchi konlarni tashkil etadi. Bu guruhga silikatli nikel rudalari, temir, marganes, boksit, magnezit, kaolin konlari mansub.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x