NUR KASALLIGI

NUR KASALLIGI — ionlovchi nurlarning organizmga taʼsir etishida yuzaga keladigan kasallik (k,. Ionlanish). N. k. butun gavda yoki uning kattagina qismi tashqaridan nurlanganda, shuningdek, organizmga nafas, meʼdaichak yoʻli va teri orqali radioaktiv moddalar kirishi natijasida u ichka-ridan nurlanganda, aksariyat nurlanish normal miqdordan ortganda roʻy beradi. Ionlovchi nurlarning qisqa vaqt (bir necha minut, soat) taʼsir etishi natijasida paydo boʻladigan oʻtkir va kamroq dozadagi nur uzok, vaqt (bir necha oy va yillar) taʼsir etganda yuzaga keladigan surunkali Nur kasalligi farqqilinadi. Bunda, asosan, qon yaratuvchi aʼzolar, nerv sistemasi, meʼda-ichak yoʻli va b. aʼzolar zararlanadi. Ionlovchi nurlar ishlatilganda maxsus himoya materiallar va kimyoviy preparatlar qoʻllangani uchun nur kasalligi, asosan, yadro quroli portlaganda yoki yadro reaktori va radioizotop apparatlar avariyasi natijasida vujudga keladi. Organizmning shikastlanish darajasi (yengil, oʻrtacha, ogʻir va juda ogʻir), asosan, nur dozasiga, shuningdek, organizmning nurni individual sezuvchan-ligiga bogʻliq. Nur kasalligining oʻtkir, oʻrtacha oʻtkir va surunkali xili farq qilinadi. Qisqa vaqt ichida katta dozada nur taʼsir etganda, Mas, atom va termoyadro qurollari portlaganda oʻtkir Nur kasalligi kuzatiladi. Odatda, kamroq dozadagi nur uzoq taʼsir etganda oʻrtacha oʻtkir va surunkali Nur kasalligi roʻy beradi. Kasallikning bir shakllari organizmga radiatsiya taʼsir etgach, oylar va yillar oʻtgandan keyin paydo boʻlishi bilan oʻtkir Nur kasalligidan farq qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x