NUQTALI VERGUL

NUQTALI VERGUL — ustma-ust joylashgan nuqta va verguldan tashkil topgan, ikki unsurli tinish belgilaridan biri (,). Oʻzbekcha matnlarda 19-a. oxirlaridan qoʻllana boshlagan. Hoz. oʻzbek imlosida Nuqtali vergul quyidagi oʻrinlarda qoʻllanadi:

1) bogʻlovchisiz qoʻshma ran tarkibida maʼno jihatdan bir-biriga yaqin boʻlmagan gaplar orasida (Qalandarovning taklifi, shubhasiz, oʻtmaydi; unda raisning obroʻyi tushadi);

2) gapdagi uyushiq boʻlaklar murakkab boʻlib, ular maʼlum guruqlarga ajratilganda, shu guruhlar orasida (Bogʻimizda shaftoli va olma; qovun va tarvuzlar pishib yotibdi. Majlisda talaba va oʻqituvchilar; muhandis va farroshlar qatnashishdi);

3) yarim qavs bilan ajratilgan raqam yoki harflardan keyingi gaplar oxirida (Hozirgi asosiy vazifa quyidagilar: a) dare jad-valini tuzish; b) oʻqituvchilarni orox,lantirish; v) grafikka rioya qilish va b.);

4) murakkab (aralash) qoʻshma gaplar orasida (Yer koʻkarmas, el yashna-mas, boʻlmasa koʻk tomchisi; Qaydan olein sheʼrni shoir, boʻlmasa ilhomchisi (A. Toʻqay)].

Ad.: Nazarov K., Oʻzbek tili punktuatsiyasi, T., 1976.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x