NUL (lot. nullus — hech narsa) , nol — 1) musbat sonlar bilan manfiy sonlar chegarasidagi son. Asosiy xossalari: a) a+0=a; b) ya-0=0; v) ikki sonning koʻpaytmasi Nulga teng boʻlishi uchun koʻpaytuvchilardan kamida bittasi Nulga teng boʻlishi zarur;
2) oʻnli sanoq sistemasida yozilgan sonning biror xonasida birliklar olinmaga-nini koʻrsatuvchi rakam;
3) fizikada biror asbob shkalasining boʻlimlari boshlanadigan nuqta.