NUKUS

NUKUS (qoraqalpoqcha Nekis) — Qoraqalpogʻistondagi shahar (1932-y. dan). Qoraqalpogʻiston Respublikasi poy-taxti, Respublika hududining markaziy qismida, Amudaryoning oʻng sohilida, 109 m balandlikda. Jan. va sharqda Kizilqum choʻli bilan oʻralgan, shim,da Amudaryo deltasi bilan tutashgan. Oʻrtacha t-ra iyunda 27°, yanv. da —6,9°, maksimal t-ra 46°, minimal t-ra —32°. T. y. stansiyasi. Nukusdan Toshkentgacha 1265 km. Kizketgan kanali shaharni kesib oʻtadi. Mayd. 200 km2. Aholisi 255 ming kishi (2001; 1974-y. da 88 ming; 1959-y. da 39 ming; 1939-y. da 10 ming); aso-san, qoraqalpoqlar; qozoq, oʻzbek, rus, koreys, tatar va b. ham yashaydi.

Hoz. Nukus sh. oʻrnida 19-a. ning 60-y. larida Nukus ovuli mavjud boʻlgan. 1870-y. lardan Nukusda savdo-sotiq, hunarmandchilik, baliq ovlash birmuncha rivojlandi, Amudaryoning suv rejimini nazorat qiluvchi gidrologik post qurildi. Rus mustamlakachilari Nukusda 1500 kishilik garnizonni joylashtirdi. 1877-y. rus-tuzem maktabi ochildi. 20-a. ning boshlarida Nukus ovuli Amudaryoningoʻng so-hilidagi eng yirik aholi punktlaridan biriga aylandi. 1930-y. 12-noyabrda Qoraqalpogʻiston Muxtor Respublikasining markazini Toʻrtkoʻl sh. dan Nukus ovu-liga koʻchirish haqida qaror qabul qilindi. 1932-y. dan Nukusda yangi maʼmuriy binolar qurilishi boshlandi. 1939-y. Respublika maʼmuriyati Nukus shahriga koʻchib oʻtdi.

Shaharning yirik avtomagistrallar tu-gunida joylashgan-ligi unda koʻp tarmoqli sanoatining tez rivojlanishiga sabab boʻldi. Nukus — Toshhovuz, Nukus — Gʻuzor avtomagistrallari xalqaro ahamiyatga ega. 345 km li Navoiy — N. temir yoʻli., N. bilan Xoʻjay-lini bogʻlaydigan koʻprik. 243 km uzunlikdagi Tuyamoʻyin — N., 112 km uzunlikdagi Nukus, Taxtakoʻpir suv uzatish tarmoutari qurildi. Respublika sanoati umumiy mahsulotining 20% ni Nukus shahar sanoat korxonalari beradi. Shaharda 50 dan ziyod sanoat korxonasi bor. Metallsozlik, qurilish materiallari, oziq-ovqat, yengil, yogʻochsozlik va poligrafiya sanoati tarmoklari mavjud. Nukusda yurilish materiallari sanoati yaxshi rivojlangan, yirik panelli uysozlik va silikat-beton z-dlari, qurilish materiallari k-tlari, gʻisht, kabel z-dlari, marmar i. ch. boʻyicha Qoraqalpoq—Italiya qoʻshma korxonasi bor. Non, goʻsht, sabzavot-konser-va, tegirmon va aralash yem k-tlari, sut-yogʻ, vino-araq va pivo-limonad z-dlari, bozorlar ishlab turibdi. Nukusda shirinmiya dorivor oʻsimligi ildizini yigʻadigan va presslaydigan tibbiy korxona mavjud. Bu korxonaning mah-suloti AK. Sh, Kanada, Yaponiya, shuningdek, Yevropa mamlakatlariga eksport qilinadi. Yengil sanoat korxonalariga Oʻzbekistonda yagona oʻtov-kigiz k-ti, tikuv va trikotaj fkalari, maishiy xizmat koʻrsatish k-ti kiradi. Shaharda oʻzbek, qoraqalpoq. va rus tillarida gazeta-kitoblar bosadigan matbaa k-ti, mebel f-kasi bor. Nukusdan turli yunalishlarda avtobuslar qatnaydi. Nukus havo yoʻllari orqali Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston, Yevropa mamlakatlari sha-harlari, Moskva, Mineralniye Vodi, Kiyev, Volgograd, Boku, Ostona, Kiziloʻrda, Toshkent va Oʻzbekistonning barcha viloyat markazlari bilan bogʻlangan.

Nukus — Qoraqalpogʻistonning ilm-fan va madaniyat markazi. Nukusda Oʻzbekiston FA, Oʻzbekiston BA larining Koraqalpogʻiston filiallari, Oʻzbekiston teri-venerologiya, onkologiya, shuningdek, chorvachilik ilmiy tadqiqot in-tlarining filiallari, pedagogika in-ti, Qoraqalpogʻiston universiteti, oʻqituvchilar malakasini oshirish in-ti va b. oliy oʻquv yurtlari ishlab turibdi. 43 umumiy taʼlim maktabi, bir qancha akademik litsey, 2 sport, 2 musiqa maktablari, 18 oʻrta maxsus bilim yurti, klub, kutubxona, sport majmui, madaniyat saroyi mavjud. Nukus telestudiyasi oʻz dasturlaridan tashqari, Moskva, Toshkent, Ash-xobod telekoʻrsatuvlarini ham olib koʻrsatadi. Shaharda 5 kasalxona, poliklinika, dorixonalar va konsultatsiya punktlari, tez yordam st-yasi bor. Ber-daq nomidagi davlat musiqali drama te-atri, filarmoniya, sanʼat muzeyi va b. muzeylar, 5 ming tomoshabinga moʻljallangan amfiteatr, markaziy stadion, 57 sport zali, botanika bogʻi mavjud.

N. Oʻzbekistonning yosh va kurkam shaharlaridan biri. Shahar 1936-yilgi bosh plan asosida kurila boshlagan edi. 1965-y. yangi bosh plani boʻyicha (meʼmor A. M. Erkaboyev va muxandis T. 3. Ziyoyev) N. koʻkalamzorlashtirilgan toʻgʻri toʻrtburchakli dahalarga boʻlingan.

Oʻzbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga qoʻshayotgan munosib hissasi va shaharning 70 yilligi munosabati bilan Nukus «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotlandi (2003-y. 11 sent.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x