NUKAT — oʻrta asr shahri. Toshkentdan Tunkatga va Fargʻonaga boradigan sav-do yoʻlida joylashgan. Nukat 11 —12-a. lardagi Sharq yoʻlnomalarida qayd etilgan. 9—10-a. larda kattaligi jihatidan Ilokda Tunkatdan keyingi oʻrinda turgan. Nukatning keyinchalik Ulkan Toʻyte-pa deb atalgan shahar xarobasini 1928-y. M. Ye. Masson Toshkent yaqinidagi Toʻytepa qishlogʻidan topgan. Nukatning markazi toʻgʻri burchak shaklidagi shah-riston boʻlib, mayd. 18 ga. U toʻrt darvozali ulkan devor bilan oʻralgan. Shim. qismida toʻrtburchakli 0,75 ga kattalikdagi qalʼa boʻlgan. Nukatning rabodi 100 gadan ortiq maydonni egallagan. Shaharning sharqiy qismida oʻliklar os-suariylar (ostodon) da dafn qilingan qabriston joylashgan. Nukatdan 8—12-a. larga oid tangalar, sopol, oltin, mis va jez idishlar, temir oʻroq, pi-choq, shuningdek, chiroyli qandil va murakkab bosma naqshlar bilan bezalgan idishlar topilgan. Topilmalarning eng qad. si 6—7-a. larga oid. 9—10-a. larda shahar tez rivojlangan. Idrisiyning maʼlumotiga koʻra, 12-a. da Tunkat tanazzulga uchrashi munosabati bilan Iloq davlatining poytaxtiga aylangan. 13-a. boshida moʻgʻullar istilosi natijasida xarobaga aylangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые