NUER (oʻzlarini naas deb atashadi) — Jan. Sudan (1,6 mln. kishi, 1990 – y. lar oʻrtalari) va Efiopiyaning qoʻshni tumanlarida (100 ming kishi) yashovchi nilotlar guruhiga mansub xalq. Togonaas tilida soʻzlashadi. Anʼanaviy eʼtiqodlarga amal qilishadi. Asosiy mashgʻulotlari — yaylov chorvachiligi (zebu, qoʻy, echki), dehqonchilik (makkajoʻxori, loviya, yer yongʻoq, kunjut, tamaki), terimchilik, ovchilik, baliq. ovlash. Hunarmandchilik sohalari — temirchilik, kulolchilik, terini qay-ta ishlash, palma barglarini toʻqish.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые