NUAKSHOT

NUAKSHOTMavritaniya poytaxti. Mamlakatning iqtisodiy va madaniy markazi. Atlantika okeani sohilida. Iqlimi tropik choʻl iqlimi. Yanv. da oʻrtachat-ra 21°, iyulda 28°. Yillikyogʻin 150 mm. Aholisi 667 ming kishi (1999), asli barbar arablaridan kelib chiqqan mavrlar.

Nuakshot 17-a. da portugal mustamlakachilarning harbiy qalʼasi yonida vujudga kelgan. Keyinrok, fransuzlarning Mavritaniyani bosib olishda asosiy tayanch bazalaridan boʻldi. 1950-y. da Senegal daryosining kuchli toshqinidan Nuakshot butunlay vayron boʻlgan. 1957-y. da undan 1 km shim. roqda shu nomda yangi shahar bunyod etildi. 1958-y. da mamla-kat poytaxti Sen-Luidan (Senegal) Nuakshotga koʻchirildi.

Nuakshot — dengiz porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Sanoati oziq-ovqat, yogʻochsozlik, metallsozlik, kichikroq kemalar quruvchi verflar, ishqor f-kasi, bosmaxona, dengiz suvini chuchu-tuvchi qurilma, mayda hunarmandchilik korxonalari va ustaxonalaridan ibo-rat. Unt, Milliy kutubxona, issiqlik elektr st-yasi bor. Meʼmoriy binolardan Prezident saroyi, Adliya saroyi, Milliy majlis binolari qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x