NOZIR (arab. — nazoratchi) — 1) qilinayotgan harakatning toʻgʻriligini, qonun, qaror va nizomlarning bajar-rilishini nazorat qiladigan mansab-dor shaxs, inspektor;
2) Turkistonda 20a. boshlariga qadar merosni saklovchi homiy;
3) BXSR va XXSRda vazirlikni boshqaruvchi masʼul shaxs — vazir. N. lar kiritilgan hukumat Nozirlar shoʻrosi deb atalgan va u oliy ijroiya qoʻmitasi sanalgan;