NOYIB

NOYIB, noib (arab. — oʻrinbosar, yordamchi) — oʻrta asrlarda musulmon davlatlarida tobe oʻlka yoki viloyat hokimi. Noyiblar, odatda, oliy hukmdorning oʻrinbosari hisoblangan. 1) Ol-tin Oʻrdada Noyib xonning yirik viloyatlaridagi yordamchisi (Mas, Xorazmda).

2) Muhammad Xorazmshoh toʻngʻich far-zandi Jaloliddin Manguberdita Gʻazni, Bomiyon, Gʻur, Bust, Takinobod, Zamin Davor qamda qoʻshni Hind yerlarini boshqarishga bergan. Biroq, Jaloliddinni Urganchdan uzoqlashtirmaslik maqsadida Quzbar Malikni nomi zikr etilgan mamlakatlarga shahzodaning Noyibi etib joʻnatgan.

3) Amir Temur saltanatida sohibqironning farzandlari, nevaralari, yaqin safdoshlari turli oʻlka va viloyatlarga Noyib etib tayinlangan. Noyib unga ishonib topshirilgan hududning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy holati uchun masʼul hisoblangan.

4) Ozarbayjonda Okt. toʻntarishidan (1917) oldingi mahallalar (magallar) boshligʻi. 5) Turkiya sultonligida qozi va mulla oʻrinbosari.

6) 20-a. da Noyib ata-masi Eron va Afgonistonda turli harbiy unvonlarni anglatgan (Mas, «noy-yebe avval» — katta leytenant, «noyebe sarhang» — podpolkovnik).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x