NOVODEVICHIY MONASTIRI

NOVODEVICHIY MONASTIRI — qad. rus meʼmoriy yodgorligi. Ayollar monastiri. Smolenskning olinishi sharafiga knyaz Vasiliy III tomonidan bunyod etilgan (1524). Dastlab Moskvani jan. dan himoya qilish vazifasini oʻtaydigan qalʼa sifatida kurilgan. 16—17-a. larda ayollar monastiri vazifasini oʻtagan. Novodevichiy monastiri turli davrlarda qurilgan kungurador devorlar (17-a. oxiri), hashamatli sobor (1524—25), oshxona, malikalar palatasi, ibodatxona (17-a. ning 80-y. lari) va koʻp pogʻonali kurkam qoʻngʻiroqxona minorasi (1689—90) va b. dan iborat. Ularning qurilish usuli va meʼmoriy bezaklarida 17-a. rus meʼmorligining oʻziga xos tomonlari yorqin aks etgan. 1922—34 y. lardan muzey hududining bir qismi rus madaniyatining tanikli arboblari, davlat, jamoat va harbiy arboblari va b. dafn etilgan Novodevichiy kabristoniga tutash. 1994-y. boshlarida ayollar monastiri tiklangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x