NOVELLA

NOVELLA (ital. novella) — nasrning kichik janri, hikoyaning bir turi. Dastlab qissa hajmidagi asarlar ham Novella deb atalgan. Novella hikoyadan syujet va kompozitsiyasining qatʼiyligi, tavsifiyligi va psixologik tasvirdan xoliligi, voqealarning gʻalati va hayratomuzligi, ramziy unsurlarning mavjudligi va b. b-n ajralib turadi. Jahon adabiyoti klassiklari G. Mopassan, A. P. Chexov, E. Xeminguey, nemis novellachilari L. Tik, G. fon Kleyst va b. N. ning yaxshi namunalarini yaratganlar. Oʻzbek adabiyotida A. Qahhorning «Mayiz yemagan xotin», «Dumli odam» singari hikoyalari hajviy Novella janr talablariga koʻproq javob beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x