NOVDA

NOVDA (cormus) — yuksak oʻsimliklardaraxt va butalarning asosiy organlaridan biri. Poya, undagi barg va kurtaklardan iborat. Novda ildiz sis-temasi bilan birgalikda qirqquloklar, qirqboʻgʻimlar, plaunlar, ochiq urugʻli va yopiq urugʻli oʻsimliklarning tanasini tashkil qilib, novdali oʻsimliklar (kormofitlar) deb nomlanadi. Bir yillik oʻsimliklar N. si faqat bir mavsum, koʻp yilliklari esa har xil yashaydi va har yili kurtaklardan yangi Novda oʻsib chiqadi. Ortotrop (tik oʻsadigan) va, baʼzan plagiotrop (yotiq oʻsa-digan) Novdalar farq qilinadi. Koʻpchilik oʻsimliklarda Novda yoki uning bir qismi koʻrinishi oʻzgarib (metamorfozga uchrab) tikanga (doʻlanada), tuganakka (kartoshkada), gajakka (tokda) aylangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x