NOVAYA ZEMLYA

NOVAYA ZEMLYA — Shim. Muz okeanidagi arxipelag. Barens va Karadengizlari orasida, RF Arxangelsk viloyati tarkibida. Matochkin Shar boʻgʻozi (eni 2—3 km) ajratib turadigan 2 katta orol — Shim. va Jan. orollardan va bir kancha mayda orollardan tarkib topgan. Jan.-gʻarbdan shim.-sharqqa taxm. 1000 km choʻzilgan. Mayd. 83 ming km2 dan ziyod. N. Z. Ural-Payxoy burmali oblastining shim. davomi hisoblanadi. Paleozoy davrining yotqiziqlaridan tarkib topgan. Muzlik, delyuviy, dengiz, torf-botqoq yotqiziqlari keng tarqalgan. Eng baland joyi 1547 m. Hamma joyda koʻp yillik toʻngib yotgan muzloq yerlar bor. Iqlimi dengiz ark-tika iqlimi, sovuq. Kishi uzok, va so-vuq (—40° gacha), kuchli shamol (tezligi 40—50 m/sek) va boʻronlar boʻladi. Avg. ning oʻrtacha t-rasi shim. da 2,5°dan jan. da 6,5°gacha. Yiliga 300—600 mm yogʻin tushadi. Muzning qalinligi 300 m dan ortiq. Orollarning bir qismi tundra zonasida. Koʻp joylar botqoq. Yoʻsinlishaynik oʻsadi. Sut emizuvchilardan qutb tulkisi, lemming, shimol bugʻusi, oq ayiq; dengizlarda nerpa, dengiz quyoni, Grenlandiya tyuleni, morj, beluxa, treska, seld bor. Yezda qushlar uchib keladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x