NOVADON ARIGʻI — Samarqand sh. ning eng qad. suv manbalaridan biri. Shahar hududini shim. dan jan-. ga kesib oʻtuvchi Novadon arigʻi buloq suvidan hosil boʻlgan. Abu Tohirxojaning «Samariya» asarida «Samar kazdirgan buloq» sifatida qayd etilgan. Man-balarda koʻrsatilishicha, Novadon arigʻidan chiqarilgan maxsus ariq orqali mil. av. 5—4-a. larda Afrosiyoʻbga suv olib kelingan. Ilk oʻrta asrlarda Novadon arigʻi «Chokardiza» nomi bilan mashhur boʻlgan. Undan suv shaharga Joʻyi Arziz orkali olib oʻtilgan. Ehtimol shu tufayli bu suv manbai — Novadon, yaʼni «Novali» nomini olgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые