NOSTRATIK TILLAR

NOSTRATIK TILLAR — tillarning taxmin qilingan makrooilasi. Hind-yevropa, kartvel, ural, dravid va ol-toy tillari oilalarini birlashtiradi. Nostratik tillarning genetik jihatdan qarindoshligi ularda genetik jihatdan teng, oʻxshash koʻplab oʻzak va affiksal mor-femalarning ( 1000 ga yaqin) mavjud-ligidir. Oʻzak morfemalar qatlami asosiy lugʻat tarkibidagi oʻzaklar boʻlib, tana aʼzolari, qarindoshlik munosabatlari, asosiy tabiat hodisalari, hayvon va oʻsimliklar nomlari, oddiy harakat va jarayonlar, asosiy xususiyatlarni (ularning nomlarini) kam-rab oladi. Genetik jixatdan umumiy, teng boʻlgan xususiyatlar grammatika va fonetika soxalarida ham kuzatiladi.

Nostratik makrooilaga kiruvchi tillar oilalarining eng qad. qarindoshligi haqidagi masala ana shu oilalarni qiyosiy-tarixiy oʻrganishning ilk davrida yuzaga kelgan. Dastlab til oilalari juft-juft qilib qiyoslangan. Bir juft emas, balki bir qancha (yaʼni ural-oltoy, hind-yevropa, som-xom) til oilalarining qarindoshligi haqidagi qoidani birinchi marta daniyalik tilshunos X. Pedersen taʼriflab bergan.

Mazkur masalalar boʻyicha fikrmulohazalar va materiallarni toʻplash hamda qad. nostratik tilni, yaʼni bobotilni tiklash oʻtgan asrning 70-y. larida birinchi marta rus olimi V. M. IllichSvitich tomonidan amalga oshirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x