NOSIROV Ubaydulla Nasrullayevich (1935.18.2, Jizzax tumani) — zootexnik olim, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1995), q. x. fanlari d-ri (1974), prof. (1979), Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi FAning muxbir aʼzosi (1991).
Samarqand qishloq xoʻjaligi in-tini tugatgan (1957). Zomin tumanining «Zomin» xoʻjaligida zootexnik-seleksioner (1960—64), Oʻzbekiston chorvachilik i. t. in-tida ilmiy xodim (1964—67), lab. va boʻlim boshligʻi (1968—82), Respublika naslchilik markazi direktori (1982 — 84), Oʻzbekiston chorvachilik i. t. in-ti direktori (1984—89), «Plemelita» ilmiy-i. ch. birlashmasining bosh direktori (1989—99). 1999-y. dan Toshkent agrar un-tining prof. Ilmiy ishlari qoramolchilikda goʻsht yoʻnalishidagi «seleksiya, naslchilik xizmatini tashkil etish, mol goʻshti yetishtirishning nazariy va amaliy masalalariga bagʻishlangan. Oliy oʻquv yurtlari uchun darsliklar muallifi.
As: Goʻshtdor qoramolchilik, T., 1971; Proizvodstvo govyadinы v zonax jarkogo klimata, T., 1985; Qoramolchilik, T., 2001; Fermer boʻlaman, T., 2002.