Deqqonning arava do‘g‘asin yasab
Yaxshigina pulga sotishin ko‘rib,
(Bu ish chidam, hunar etadi talab)
Ayiq ham bu ishga go‘yo qo‘l urib
Yashamoqchi bo‘ldi, qarang, bir zamon.
Qasiru qusurga to‘ldi-ku o‘rmon.
Qancha daraxtlari qilsa-da nobud
Ayiqvoy noshud —
Uddalay olmadi deqqon hunarin.
Maslahat olay deb keldi u sarp:
“Sabab nimaykin, bilmadim, qo‘shni,
Menga dosh kelolmas har qanday daraxt,
Hech buka olmadim do‘g‘aga faqat,
Axir, siri nima, aytgil, bu ishni?”
“Sirimi ?- der deqqon,- sabr va chidam,
Bu narsa aslida senda yo‘q, oshnam”.
Krilov I.A