NORXOʻJAYEV Fayzulla Xoʻjayevich

NORXOʻJAYEV Fayzulla Xoʻjayevich (1911.25.11, Chuyet tumani Qiziltepa qishlogʻi — 1983.25.5, Toshkent) — harbiy arbob, general-leytenant (1972). 1927-y. dan armiya safida. Norxoʻjayev Oʻrta Osiyo birlashgan harbiy bilim yurtini (1931), Bosh shtab harbiy akademiyasini (1959) tugatgan. Xasan koʻli va Xalxin – Gol daryosi boʻyidagi janglarda ishtirok etgan (1938—39). 2-jahon urushi yillarida Jan.-Gʻarbiy, Z-Ukraina va 1-Belorussiya frontlarida jang qilgan. Urushdan keyin tankka qarshi qiruvchi artilleriya brigadasi (1946 — 52), alohida oʻqchi brigada, motooʻqchi diviziya artilleriyasi qoʻmondoni. Shim. qoʻshinlar guruhining raketa qoʻshinlari va artilleriyasi boshligʻi oʻrin-bosari (1961—64), Turkiston harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbo-sari (1964-73), 197482-y. larda Oʻzbekiston tarix va madaniyat yodgorliklarini saklash jamiyati respublika boshkarmasi Prezidiumi raisining 1-oʻrinbosari. Urush faxriylari qoʻmitasi Toshkent shoʻbasi raisi (1982-y. dan). Norxoʻjayev «50 yil jangovar safda» asari (1982) muallifi. Toshkent koʻchalaridan biri Norxoʻjayev nomi bilan atalgan.

Ad.: Rahmat A., Oʻzbek generallari. T., 1965.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x