NORVEG TILI — hind-yevropa tillari oilasidagi german tillari guruhining skandinav tillari shoxobchasiga mansub til. Norvegiyada, shuningdek, AQSH va Kanadada tarqalgan; Norvegiya Qirolligining rasmiy tili. 5 mln. dan ortiqroq kishi soʻzlashadi. Norveg tili lah-jalari gʻarbiy va sharqiy guruhlarga boʻlinadi. Norveg tili tarixi 2 davrga: qad. Norveg tili (9-a. dan 1525-y. gacha) va yangi Norveg tili (1525-y. dan) davrlariga boʻlinadi.
1380-y. dan Norvegiya Daniyaga tobe boʻlib qolishi munosabati bilan bu hududda yozma dan (dat) tili keng tarqaladi va 16-a. da rasmiy til maqomini oladi. 19a. boshlarida Norvegiyada 2 ta adabiy til vujudga keldi: riksmol (dan-norveg adabiy tili) va lans-mol (19-a. oʻrtalarida norveg tilshunosi I. Osen tomonidan adabiy tilning qad. shaklidan sunʼiy yaratilgan). 1929-y. da riksmol va lansmol rasmiy ravishda bukmol va nyunorsk (yangi norveg) atamalari bilan almashti-rilgan. Har ikkala adabiy til bir qator fonetik jihatlari bilan oʻzaro farqlanadi, ulardan bukmol nisbatan kengroq qoʻllanadi. Adabiy Norveg tilining shakllanishi va takomillashuvida 1907, 1917, 1938 ylarda imlo sohasida oʻtkazilgan islohotlarning alohida oʻrni bor.
Norveg tilining qad. yozuvi runik yozuv asosida boʻlgan, zamonaviy yozuvi esa lo-tin alifbosi asosida yaratilgan.