NORQOʻZIYEV

NORQOʻZIYEV Saidmaqmud (1883 – Qoʻqon — 1967.27.12) — naqqosh, boʻyama naqsh ustasi; Fargʻona naqqoshlik maktabini yaratgan. Hunarni otasi usta Norqoʻzi Nurmatovdan oʻrgangan. Otasi va usta naqqosh Muhammad Soli rahbarligida ishlagan, turar joy, masjidlarni bezashda qatnashgan. 1903-y. dan mustaqil usta. Qoʻqon, Andijon (Mamajon mingboshining uyi), Mar-gʻilon, Oʻsh, Jalolobod (Barot hoji uyi, Matqosim masjidi) va b. joylarda shuhrat qozongan; klub, choyxona, madaniyat saroylarini bezagan. Toshkentdagi Navoiy teatri binosining Fargʻona zalini bezagan ustalarga rax. barlik qilgan, teatr sahna pardasi uchun naqshlarning chizmasini yaratgan. Meʼmoriy yodgorliklarni taʼmirlashda faollik koʻrsatgan, jumladan, Quqondagi Xudoyorxon oʻrdasini taʼmirlashda qatnashgan (40—50-y. lar). Norqoʻziyev yaratgan naqshlarida ranglar uygʻunligiga erishgan: naqsh zaminida zangori, bargi karam (yashil), qizil ranglar, naqshlarda hamma ranglardan foydalangan, tilla hal ishlatgan.

Norqoʻziyev yaratgan naqsh mujassamotlari respublika va xalqaro koʻrgazmalarda namoyish etilgan. Norqoʻziyev koʻplab shogirdlar tayyorlagan. Shulardan oʻgʻli Said-ahmad Mahmudov Oʻzbekiston BA akademigi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x