1953 yilning iyunida Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanining Qishliq qishlogʻida tugʻilgan. 1982 yilda hozirgi OʻzMUning jurnalistika fakultetini tugatgan.
1987 yilda ilk hikoyalar toʻplami – “Zangori koʻl” chop etilgan. Shundan soʻng “Unutilgan qoʻshiq” (1990), “Yuzma-yuz” (1993), “Sariq gul” (1996), “Paxmoq” (1997), “Temur gʻori” (1999), “Arazchi chumchuq” (1999), “Bekatdagi oq uycha” (2000), “Ovul oralagan boʻri” (2005), “Joʻshqin daryo” (2005), “Boʻron qoʻpgan kun” (2007) hikoya va qissalardan iborat toʻplamlari va “Dashtu dalalarda” (2009) romani bosildi.
Adibning “Quyoshi botmaydigan yurt”, “Shim yoxud xotinlar janjali”, “Belbogʻ” kabi asarlari asosida koʻp qismli videofilmlar yaratilgan. Bir qancha hikoya va qissalari rus, qozoq, belarus, qirgʻiz, tatar, arab, turk, xitoy va boshqa tillarga tarjima qilingan.
N. Norqobilov “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoni hamda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/normurod-norqobil-1953/