NORMATOV

NORMATOV Umarali (1931.3.1, Besh-ariq tumani) — adabiyotshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981), filol. fanlari d-ri (1978), prof. (1979). Toshkent un-tining filologiya f-tini tugatgan (1957). 1962-y. dan ToshDU (hoz. OʻzMU) filologiya f-tining oʻzbek abadiyoti kafedrasida katta oʻqituvchi, dotsent; kafedra mudiri (1974—2000), kafedra prof. (2001-y. dan). 1957-y. dan adabiy-tanqidiy va ilmiy maqolalari bilan adabiy jara-yonda ishtirok etib keladi. Normatovning ilmiy, adabiy-tanqidiy tadqiqotlari yangi oʻzbek adabiyoti tarixi, taraqqiyo-ti masalalariga, uning oʻziga xos anʼanalari va novatorlik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan. Ilmiy faoliyatida realizm masalalari, 20-a. oʻzbek adabiyoti, adabiy jarayon hamda adabiy tanqidchiligining oʻziga xos xususiyatlari, shuningdek, Krdiriy, Sh. Xolmirzayev, P. Qodirov, Oʻ. Hoshi-mov va b. ijodkorlarning asarlari bilan bogʻliq masalalar muhim oʻrin egallaydi. Normatov umumtaʼlim maktablarining 5-, 9-, 11sinflari uchun «Oʻzbek adabiyoti» darslik va majmualari, oliy oʻquv yurtlari uchun «20-asr oʻzbek adabiyoti tarixi» (1999) darsligi mualliflaridan biri. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).

As: Nasrimiz ufqlari, T., 1978; Qalb inqilobi, T., 1986; Qodiriy bogi, T., 1996; Umumbaxsh tamoyillar, T., 2000; Qahqorni anglash mashaqqati, T., 2000.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x