Normal hayz sikli

Normal hayz sikli

Hayz sikli davomiyligi joriy hayz kelishining (mensturatsiyaning) birinchi kunidan keyingi hayz kelishining birinchi kunigacha hisoblanadi. Individual fiziologiyaga ko’ra, hayz sikli normada 21 dan 30-35 kungacha bo’lgan muddatni tashkil qiladi, odatda 28 kun. Menstrual funktsiyaning yo’qolishi menopauza davrida — 45-50 yosh oralig’ida sodir bo’ladi.

Hayz siklining regulyatsiyasi miya po’stlog’i, gipofiz, gipotalamus, tuxumdonlar tomonidan amalga oshiriladigan va qin, bachadon va sut bezlari manfaati bilan olib boriladigan murakkab neyrogumoral mexanizm ta’siri ostida yuzaga keladi.

Gipotalamus-gipofiz tizimi tomonidan ajratiladian gonadotrop gormonlar — FSG, LG va LTG tuxumdonlarda o’zgarishlarini keltirib chiqaradi, bu tuxumdon sikli deb ataladi va quyidagi bosiqchlarni o’z ichiga oladi:

Follikulyar faza — follikulning yetilishi jarayoni;

Ovulyatsiya fazasi — yetilgan follikulning yorilishi va tuxum hujayraning chiqishi;

Progesteron (lyuteinli) faza — sariq tananing rivojlanishi jarayoni.

Menstruatsiya davrining oxirida, tuxum hujayra urug’lantirilmagan bo’lsa, sariq tana regressiya qiladi. Tuxumdonlarning jinsiy gormonlari (estrogenlar, gestagenslar) bachadonda tonus, qon ta’minoti, qo’zg’aluvchanlik, shilliq qavatdagi dinamik jarayonlarning o’zgarishini, ya’ni ikki bosqichdan iborat bachadon siklini chaqiradi:

Proliferatsiya fazasi — endometriy funktsional qatlamining tuzalishi, jarohatlangan yuzasi bitishi va uning keyingi rivojlanishi. Bu bosqich follikulning rivojlanish jarayoni bilan bir vaqtda sodir bo’ladi.

Sekretsiya fazasi — bachadon shilliq qavati funktsional qatlamining yumshashi, qalinlashishi va rad etilishi (deskvamatsiya). Funktsional qatlamning rad etilshi hayz ko’rish orqali namoyon bo’ladi. Vaqti bo’yicha bu bosqich tuxumdondagi sariq tananing rivojlanishi va nobud bo’lishiga to’g’ri keladi.

Shunday qilib, hayz sikli, odatda, ikki fazali hisoblanadi: tuxumdon siklining follikulyar va lyuteinli fazalari va ularga mos keladigan, bachadon siklining proliferatsiya va sekretsiya fazalari. Normada yuqorida aytilgan siklik jarayonlar ayol fertil yoshining butun davomida ma’lum vaqt oralig’ida qayta va qayta takrorlanib turadi.

Xayz siklining buzilish sabablarini oqshom joylaymiz?

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌏

5 2 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x