NORAK GES — Tojikistondagi eng yirik gidrotexnika inshootlaridan biri, Vaxsh daryosida, Norak sh. yaqinidagi Pulitangin darasida 1961-y. dan kurila boshlagan. GESning loyiha quv-vati 2700 MVt (300 MVtli 9 agregatdan iborat). 2 ta agregati 1972-y. da, oxirgi agregati 1979-y. da ishga tushi-rilgan. GES yiliga 11,2 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chikaradi. Tojikiston jan. dagi sanoat majmualarini energiya b-n taʼminlaydi. GES suv ombori, toʻgʻon va elektr st-yasidaʻn iborat. GES toʻgʻoni bal. 310 m dan ortiq (jahonda eng baland toʻgʻon). Bu toʻgʻon oʻrtacha 645 m3/sek suv oʻtkaza-digan uskunalar bilan jihozlangan. GES 275 m suv bosimi ostida ishlaydi. Elektr energiyasi 500 va 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqdari orqali Oʻrta Osiyo «Energiya» birlashgan energetika tizimiga ulangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые