NOQIS

NOQIS (taxallusi; asl ism-sharifi Abdulqodir Muhammadshokir oʻgʻli) (1860 — Kattaqoʻrgʻon — 1929) — oʻzbek shoiri. Kattaqoʻrgʻon, Buxoro madrasalarida oʻqigan. 1895-y. da Kattaqoʻrgʻonga qaytib, madrasada mudarrislik qilgan, dehqonchilik bilan shugʻullangan. Saʼdiy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy va b. ga ergashgan, ular gʻazallariga muxammaslar bogʻlagan. Ayniqsa, Muqimiy ijodiga ehtirom bilan qaragan, tazmin muxammaslar yozgan («Dogmen», «Kel ertaroq», «Nozaninim» va b.).

1905-y. dan Noqis ijodida ijtimoiy mazmun kuchaygan. Sheʼrlarida ijtimoiy adolatsizlikka, nodonlikka qarshi nafrat ifodalangan. Gʻazallari «Bayozi Mahdiy», «Armugʻoni Xislat», «Bayozi Miriy», «Bayozi Joʻrabek» va b. bayozlarga kiritilgan. Noqis qoʻlyozmalari — «Bayozi Noqis» Tojikiston FA Sharq-shunoslik in-ti (inv. №1005)da, «Devoni Noqis» Oʻzbekiston FA Sharqshu-noslik inti (inv. №97)da saqlanadi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida Buxoroda tuzilgan tazkiralarda Noqis ijodiga yuqori baho berilgan. Shoir «Layli va Majnun» syujeti asosida doston yozganligi haqida maʼlumot mavjud. Ammo u hali topilmagan. Noqisning bayozlari va 6 ming misraga yaqin sheʼrlari saqdangan. Fa-zal va muxammaslari hofizlar tomonidan kuylab kelinadi («Hajringda dardu gʻam bilan hasratda dogʻman…» va b.).

Ad.: Orzibekov R., Abduqodir Noqis, XIX asr oʻzbek adabiyoti tarixiga doyr materiallar, Samarqand, 1985.

HOFOPA (arab, naqqora — zarb beruvchi) — urma musiqa cholgʻu asbobi. Tuzilishi turlicha; tuvaksimon kosaxonasi, asosan, sopoldan yasaladi. Kiyik yoki echki (ayrim joylarda boshqa hayvonlar) terisi bilan krplanadi. Qadimdan harbiy, jarchi hamda ommaviy marosim cholgu asbobi sifatida Sharq mamlakatlarida maʼlum boʻlgan. Hozirda oʻzbek, tojik, uygʻur, arman va b. xalq sozandalari tomonidan qoʻllaniladi.

Oʻzbekistonda uning doʻl N. (yoʻgʻon tovushli katta Noqis, teri qoplanadigan qismining diametri 60 sm), rez N. (ingichka tovushli kichik Noqis, diametri 20—30 sm), koʻs Noqis (tovushi rez Noqisdan yoʻgʻonroq, diametri 30—40 sm) turlari keng tarqalgan. Rez va koʻs Noqis ikkita choʻp b-n, doʻl Noqis nisbatan yoʻgʻon-roq bitta choʻp bilan chalinadi. Xalq musiqa ijrochiligida koʻs va rez Noqisdan iborat qoʻsh N. qoʻllaniladi. Qoʻsh Noqis to-vushlari birbiridan taxm. kvarta in-tervalida farq qiladi. Bu esa turli shakldagi bezaklarga boy usullarni ijro etish imkoniyatini yaratadi. Noqisning chindovul (mis yoki b. metalldan yasalgan hajmi katta Noqis), tablak (kich-kina Noqis) turlari ham boʻlib, ular kam tarqalgan. Qoʻsh Noqis surnay va karnaylar bilan qoʻshilib anʼanaviy milliy an-samblni tashkil etadi. Bunday ansambllar ochiq joylarda oʻtkaziladigan tomoshalar, tantanalar, toʻy marosimlari jarchisi boʻlib, «Shodiyona», «Katta oʻyin», uygʻurlarda hayit kechalarida chalinadigan «Nogʻora muqom» kabi chol-gʻu yoʻllarini ijro etib kelmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x