NOMIQ KAMOL

NOMIQ KAMOL (taxallusi; asl ismi Mehmed, 1840.21.12, Taqirtogʻ — 1888.2.12, Sakiz oroli) — turk yozuvchisi, publitsist va davlat arbobi. Turk dramaturgiyasini rivojlantirib, romanchilikka asos solgan yozuvchilardan biri. «Yangi usmonlilar» jamiyatining aʼzosi (1865). «Fikr tasviri» gaz. ni tashkil etgan. Abdulhamid II hukmron-ligi davrida N. K. Midilli oroliga surgun qilingan. Surgunda «Jaloliddin Xorazmshox» pyesasini yozgan. Asarda bosh qaxramon Jaloliddin Manguberdining moʻgʻul bosqinchilariga qarshi mardona kurashi misolida hur-riyatparvarlik fikrlari olgʻa surilgan. Pyesa sulton Abdulhamid II ga maqbul kelib, Nomiq Kamolni Rodosi (1884), Sakiz ( 1887) o. lariga hokim etib tayinlagan. Asarlarida vatanparvarlik, millatparvarlik, hurriyat, maʼrifat-parvarlik, tenglik gʻoyalari aks etgan. Shaxs erki, vatan manfaatini doim bi-rinchi oʻringa qoʻygan. Romantik ruxdagi asarlarida hamisha adolat tantanasi tasvirlangan. «Bechora bola» (1873), «Akifbey» (1874), «Gulnihol» (1875), «Jaloliddin Xorazmshoh» (1875) pye-salari, «Intibax» (1876), «Jazmiy» (1880) romanlari, sheʼrlari, publitsistik maqolalari, usmoniylar tarixiga bagʻishlangan ilmiy asarlari (Usmonli tarixi, 1971—74; Buyuk Is-lom tarixi, 1975) Nomiq Kamolni davrining eng mashhur adibi sifatida tanitdi. Uning sheʼrlari toʻplam holida 1941-y. S. N. Ergʻun tomonidan eʼlon qilingan. «Jaloliddin Xorazmshoh» pyesasi oʻzbek tiliga tarjima qilinib (tarjimon Xurshid Davron), televideniye or-qali namoyish etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x