Atoqli fantast yozuvchi Rey Bredberi yangi romaniga “Farengeyt boʻyicha 451 daraja” degan nom qoʻyadi. Asar mazmun-mundarijasidan kelib chiqib shunday nom tanlangandi. Chunki shu haroratda qogʻoz oʻz-oʻzidan yonib ketadi. Biroq qogʻoz farengeyt emas, selsiy boʻyicha 450 darajadan sal oshiqroq haroratda olovlanadi. Adib nom qoʻyishda oʻt oʻchirish xizmati xodimi bilan maslahatlashgan va u harorat koʻrsatkichlarini chalkashtirgani uchun yozuvchi ham xatoga yoʻl qoʻygan.
Orif Tolib tayyorladi.
https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/nomdagi-xatolik/