Nogoh seskandingmi koʻngling uvishib,
Iymanib, qimtinib turgan goʻzal qiz,
Dugonangga bir-bir gaplar otishib
Yigitlar yoningdan oʻtganda soʻzsiz.
Qoʻrqma! Bu aldamchi hadikdan kechgin,
Qoʻrqma! Va bir sirni bilib olgin xoʻb:
Senga gap otishni oʻylamas hech kim,
Ammo uylanishni moʻljallagan koʻp!
Orif Tolib
2011
https://saviya.uz/ijod/nazm/nogoh/