NOGIRONLIK, invalidlik — kasallik, shikastlanish, mayibmajruhlik, baxtsiz hodisalar tufayli butunlay yoki maʼlum muddat mehnat qobiliyatini yoʻqotish. Jismoniy yoki akliy nuqsonlari borligi sababli ijtimoiy yordam va himoyaga muhtoj shaxs nogiron hisoblanadi. Oʻzbekistonda N. Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan belgilanadi. Nogironlik mehnat qobiliyatini yoʻqo-tish darajasiga qarab 3 guruhga boʻli-nib, vaqtincha (6—12 oy) yoki muddat siz qilib tayinlanadi. 1-guruh Nogironlikga mehnat qobiliyatini butunlay yoʻqotgan vab. ning doimiy parvarishi, yorda-mi, nazoratiga muhtoj boʻlgan shaxslar; 2-guruh Nogironlikga mehnat qobiliyatini butunlay yoʻqotgan, lekin boshqalarning doimiy parvarishiga muhtoj boʻlmagan, shuningdek, mehnat turidan qatʼi nazar, unda uzoq muddat ishlay olmaydigan shaxslar; 3-guruh Nogironlikga mehnat qobiliyati sezilarli darajada pasaygan shaxslar kiradi. Nogironlar davlat nafaqasi bilan taʼminlanadi, zarur boʻlganda davolanadi, ularga protezlar beriladi, ishga, maxsus maktablarga joylashtirish uchun sharoit yaratiladi. Nogironlarni tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya qilish orqali faol hayotga, mehnatga jalb qilish dolzarb masala hisoblanadi.
OʻzR qonunchiligida Nogironlikning quyidagi sabablari nazarda tutiladi: umumiy kasalliklar (ish bilan bogʻliq boʻlmagan) oqibatidagi Nogironlik ; turmushdagi baxtsiz hodisalar natijasida shikastlanish oqibatida yuz bergan Nogironlik ; i. ch. dagi jarohatlar va kasb kasalligiga duchor boʻlish natijasidagi Nogironlik ; kasb kasalligiga chalinish tufayli yuz bergan Nogironlik ; Oʻzbekistonni himoya qilish yoki bosh-qacha tarzda harbiy burchni bajarish paytida roʻy bergan Nogironlik ; harbiy burchni bajarish b-n bogʻliq boʻlmagan harbiy xizmatni oʻtash davridagi N. Bu boradagi tartibqoidalar OʻzR Vazirlar Mahkamasining 1994-y. 24 noyab. dagi 317-son qarori bilan tasdiqlangan «Tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalari toʻgʻrisida nizom»da koʻrsatib oʻtilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1995-y. 11 noyab. da «OʻzRning nogironlarni reabilitatsiya qilish borasidagi chora-tadbirlari Davlat dasturi toʻgʻrisida» qaror qabul qildi. Mazkur qarorning ijrosi nogironlarni reabilitatsiya qilish markazlari sistemasi (Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb boʻyicha reabilitatsiya qilish milliy markazi, Tayanch-harakat sistemasi kasalliklarida nogironlar reabilitatsiya markazi va 10 ta umumiy tipdagi hududiy reabilitatsiya markazlari) tashkil etildi. Bular joylardagi TMEKlar b-n hamkorlikda nogironlarni tibbiyijti-moiy reabilitatsiya qilish choratad-birlarini amalga oshiradi.
Ad.: Oʻzbekiston Respublikasida imtiyozli pensiya taʼminoti toʻgʻrisida [normativ hujjatlar toʻplami], T., 1994; Oʻzbekiston Respublikasining Davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunga sharhlar, T., 1996.