NOBEL MUKOFOTLARI

NOBEL MUKOFOTLARI — har yili buyuk ishlar uchun beriladigan xalqaro mukofot. Taʼsis etuvchisi A. B. Nobelning (k,. Nobellar) vasiyatiga koʻra, undan keyin qolgan mablagʻ asosida Nobel jamgʻarmasi tashkil etildi; shu jamgʻarmaga har yili kelib tushadigan daromad 5 qismga teng boʻlinib, irqi, millati, jinsi va dinidan qatʼi nazar, fizika, kimyo, fiziologiya yoki tibbiyot sohasidagi kashfiyotlar, badiiy asarlar, xalqlar doʻstligi va tinchlikni mustahkamlash yoʻlida koʻrsatilgan faoliyat uchun beriladi (1968-y. da Shvetsiya davlat banki oʻzining 300-yilligi munosabati bilan iqtisod fanlari sohasidagi yutuqlar uchun beriladigan qoʻshimcha Nobel mukofotini taʼsis etgan).

Nobel mukofotlari Alfred Nobel tasviri tushirilgan oltin medal, diplom va miq-dori Nobel jamgʻarmasidagi daromadga bogʻliq (odatda, 30 mingdan 70 ming dollargacha) boʻlgan mablagʻdan iborat. Alfred Nobelning vasiyatiga koʻra, Nobel mukofotlarini berish vazifasi Stokgolmdagi Qirollik FA ga (fizika, kimyo, iqtisod fanlari boʻyicha), Stokgolmdagi Qirollik tibbiyot-jarroxlik in-tiga (fiziologiya yoki tibbiyot boʻyicha) va Stokgolmdagi Shvetsiya akademiya-1 siga (badiiy asarlar boʻyicha) topshi-rilgan. Tinchlikni mustahkamlash 4 yoʻlida koʻrsatilgan faoliyat uchun 1 N. m. ni Norvegiya parlamentining Nobel komiteti aʼzolari beradi. Tinchlik mukofotidan tashqari hamma mukofotlar faqat individual tarzda beriladi. Vafot etganlarga Nobel mukofotlari berilmaydi. Nobel mukofotlarini topshirish tantanasi Stokgolm va Osloda Alfred Nobel vafot etgan kun (10 dekabr) da oʻtkaziladi. Birinchi mukofot 1901-y. topshi-rilgan. Nobel mukofotini 1901—2003-y. da 565 kishi olgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x