NOʻGʻAY OʻRDA

NOʻGʻAY OʻRDA, Noʻgʻay xonligi — Shim. Kaspiy va Orol dengizlari boʻyidan Tura va Kamagacha, Volgadan Irtishgacha boʻlgan hududda tashkil topgan koʻchmanchilar davlati. 14 — 15-a. boshlarida Oltin Oʻrdadan ajrab chiqadi. Idikuning oʻgʻli Nuriddin zamonida (1426—40) kuchaygan. Aholisi, asosan, mangʻit va qoʻngʻirotlardan iborat boʻlgan. Poytaxti — Saroychik sh. U Qora dengiz boʻylaridan Oʻrta Osiyoga bora-digan savdo yoʻlidagi yirik shahar edi. 16-a. da Noʻgʻay Oʻrda Moskva va Qozon bozorlarini chorva mahsulotlari bilan taʼminlagan. Noʻgʻay Oʻrda murzalar boshqargan uluslarga boʻlingan. 16-a. 2 – yarmida N. Oʻ. Katta Noʻgʻay, Kichik Noʻgʻay va Oltiovul Oʻrdalariga parchalanib ketgan. Noʻgʻay Oʻrdada «Idiku» («Yedigey») dostoni yaratilgan.

Ad:. Poxlyobkin V. V ., Tatarы i Rus, ML, 2001.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x