NJAMENA

NJAMENAChad poytaxti. Shari daryosining oʻng sohilida, unga Logone daryosi quyilishida joylashgan. ShariBagirmi prefekturasining maʼmuriy markazi. Iklimi ekvatorial, mussonli iklim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 24°, iyulniki 27,7°. Yiliga 648 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 530,1 ming kishi (1990y. lar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Shaharga 1900-y. da Fransiyaning Markaziy Afrikadagi hududlarining maʼmuriy markazi sifatida asos solingan va komandir Lami nomi bilan 1973-y. gacha Fortlami deb atalgan. 1920—58 y. larda Fransiyaning Chad mustamlakasining maʼmuriy markazi. 1958-y. dan Chad muxtor Respublikasi, 1960-y. dan mustaqil Chad davlati poytaxti. Njamenada prezident qarorgohi, Milliy majlis, hukumat muassasalari va b. joylashgan. Mamlakatning muhim iqti-sodiy, savdo-moliya va madaniy markazi. Oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Paxta, chorva bilan savdo qilinadi. Un-t, milliy muzey bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Katta masjid, sobor va b. saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x