NIZOMIY XOʻQANDIY (taxallusi; asl ism-sharifi Nizomiddin Muhammadaminxoʻja oʻgʻli) (17-a. oxiri — 18-a. boshi) — shoir. Buxoroda tahsil koʻrgan. N. X. dan falsafiy mazmundagi «Majmuat ul-maqosid» («Maqsadlar majmuasi») nomli kitob, 300 ga yaqin gʻazal va muxammaslardan iborat sheʼrlar toʻplami qolgan. Uning ayrim sheʼrlari toshbosma usulda bosilgan bayozlarda ham uchraydi. Nizomiy Xoʻqandiy asarlarida oʻz zamonidagi illatlarga nafrat koʻzi bilan qaraydi, insoniy tuygʻularni, muhabbat va sadoqatni uluglaydi. Sheʼrlari ravon, sodda tidda yozilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые